Maxfiylik siyosati

26.10.2026 yildagi tahrir

Qanday ma’lumot olinadi

Mijozlar: so‘rov yuborganda — ism, telefon, manzil yoki tuman, ish tavsifi, kerakli kun va vaqt. Sharh yozganda — ism, baho va matn. Ro‘yxatdan o‘tish shart emas.

Xizmat ko‘rsatuvchilar: nomi yoki ism, telefon, Telegram, tuman, manzil, xaritadagi joy, ish vaqti, narxlar, xizmatlar, tavsif va rasmlar — bular ochiq e’lon qilinadi.

Yozishma: siz yozgan ism va xabarlar matni — faqat suhbat ishtirokchilariga ko‘rinadi; jim qolgan suhbatlar 180 kundan keyin o‘chiriladi.

Telegram (botni ulasangiz): chat raqami va Telegram tili — xabarnoma va kirish uchun. Botga yuborilgan telefon raqami faqat profil yoki e’londagi raqam bilan solishtiriladi va saqlanmaydi; faqat “tasdiqlangan” belgisi saqlanadi. Botdagi /toxtat buyrug‘i ulanishni o‘chiradi.

Telefon bildirishnomalari: brauzer obunasining texnik manzili (ism va raqamsiz) va, agar qidiruvni kuzatsangiz, tanlangan filtrlar.

Hisob (ochsangiz): telefon raqami, parol (faqat shifrlangan xesh ko‘rinishida), ism, familiya, profil rasmi, “o‘zim haqimda” matni, Telegram nomi, yo‘nalish va uning maydonlari, kirgan qurilmalar ro‘yxati. Ism, rasm, yo‘nalish va “o‘zim haqimda” siz yozishgan usta yoki biznesga ko‘rinadi; telefon va Telegram — faqat o‘zingiz yuborganingizda yoki narxga rozi bo‘lganingizda.

SMS tasdiqlash: kod SMS orqali yuboriladi (Eskiz.uz), bizda faqat uning xeshi 10 daqiqa amal qiladi.

Mijoz bahosi: usta qo‘ygan baho va “to‘ladi/to‘lamadi” belgisi telefon raqamingizga bog‘lanadi. Boshqa ustalar faqat umumiy natijani ko‘radi; o‘zingiznikini “Mening bahom” sahifasida ko‘rasiz va e’tiroz bildirasiz.

To‘lovlar (karta orqali): summa, holat va to‘lov tizimidagi tranzaksiya raqami. To‘lov kartasi raqami bizda saqlanmaydi; kartaga yechish so‘rovidagi karta raqami shifrlanadi va pul o‘tkazilgach o‘chiriladi.

Shikoyatlar: shikoyat sababi va izohi — admin ko‘rib chiqishi uchun.

Joylar haqida takliflar: siz yuborgan telefon, ish vaqti, manzil, rasm va izoh hamda IP-manzil — moderator tekshiruvi uchun.

Hujjat bilan tasdiqlash (xizmat ko‘rsatuvchi xohlasa): hujjat rasmi — faqat moderator ko‘radi, saytning ochiq qismidan tashqarida saqlanadi va tekshiruvdan so‘ng darhol o‘chiriladi (ko‘rilmagani — 30 kunda); faqat “Hujjati tekshirilgan” belgisi qoladi.

Texnik: IP-manzil va qurilmaning tasodifiy texnik belgisi (cookie, ism va raqamsiz) — faqat spam va buzishdan himoya uchun; bazada saqlanmaydi, IP jurnallarda cheklangan muddat turadi. Reklama kuzatuvchilaridan foydalanmaymiz.

Faqat qurilmangizda turadigan ma’lumot

“Yaqinimdagilar” uchun joylashuvingiz faqat brauzeringizda (1 kunlik cookie) turadi, serverda saqlanmaydi. “Saqlanganlar” ro‘yxati va “Buyurtmalarim” kalitlari ham faqat brauzer xotirasida.

Ma’lumotni kim ko‘radi

So‘rov ma’lumotini — siz tanlagan xizmat ko‘rsatuvchi va Yaqinda moderatorlari. Ma’lumotlarni sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz. Ular faqat qonunda belgilangan hollarda vakolatli organlar so‘roviga ko‘ra berilishi mumkin.

Saqlash muddati va o‘chirish

Hisob o‘chirilganda (so‘rovdan 14 kun o‘tib) profil ma’lumotlari va rasm o‘chiriladi; to‘lov yozuvlari nizolar va hisob-kitob uchun qonunda belgilangan muddat saqlanadi.

So‘rovlar ularni bajarish va nizolarni ko‘rib chiqish uchun kerakli muddat saqlanadi; so‘rov va e’lonlardagi IP-manzillar 90 kundan keyin, yozishmalar 180 kun jim qolgach o‘chiriladi. Xizmat ko‘rsatuvchi profilini shaxsiy havola orqali o‘zgartirishi yoki o‘chirishi mumkin; mijoz o‘z ma’lumotlarini o‘chirishni so‘rov formasi yoki “Xabar bering” havolasi orqali so‘rashi mumkin.

Himoya

Ulanish shifrlanadi (HTTPS), moderatorlar paneli parol bilan himoyalangan, yuklangan rasmlar qayta kodlanib, ichidagi xizmat ma’lumotlari (joylashuv belgilari ham) o‘chiriladi. Har kuni zaxira nusxa olinadi.

Ochiq ma’lumotlar

Joylarning bir qismi OpenStreetMap (© OpenStreetMap hissadorlari, ODbL litsenziyasi) va Overture Maps Foundation’dan (CDLA-Permissive 2.0) olingan.